Unda
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, sud tizimi, huquqni muhofaza qiluvchi
idoralar, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok
etdi.
Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan yevropada xavfsizlik va
hamkorlik tashkilotining (yeXHT) O‘zbekistondagi Loyihalari
muvofiqlashtiruvchisi, «BMT – ayollar» tuzilmasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
sudi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil
etildi.
Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori o‘rinbosari Dilnoza Muratova xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish – inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining eng muhim vazifalaridan biri ekani taљkidladi. Zo‘ravonlik holatlarida ajralish uchun belgilangan majburiy yarashuv muddati 2025-yilda bekor qilindi, o‘sha yilning mart oyida esa Prezident xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi tizimli kurashish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Oliy Majlis Senatining 2026-yil 6-fevraldagi
qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilgacha gender
tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2026-yilga
mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturining 42-bandiga muvofiq,
femitsidni alohida jinoyat tarkibi sifatida kvalifikatsiya qilishning xalqaro
amaliyotini kompleks o‘rganish, shuningdek, milliy qonunchilikni takomillashtirish
yuzasidan takliflar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Davra suhbatida gender asosidagi
qotilliklarning oldini olish bo‘yicha xalqaro yondashuvlarga alohida e'tibor
qaratildi.
yeXHTning gender masalalari bo‘yicha
katta maslahatchisi va yeXHT Bosh kotibi Ofisining gender masalalari bo‘yicha
dasturi rahbari Lara Skarpitta qonunchilikni takomillashtirish, samarali
profilaktika tizimi, ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish va idoralararo hamkorlikka
asoslangan gender zo‘ravonlikning oldini olishga doir kompleks yondashuv
muhimligini ta'kidladi.
U, shuningdek, statistik hisob yuritish
tizimini rivojlantirish zarurligiga ham e'tibor qaratdi.
BMT – Ayollar tuzilmasining Markaziy
Osiyo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi idorasi rahbari va Qozog‘istondagi mamlakat ofisi
vakili Jeren Gyuven Gyures o‘z videomurojaatida O‘zbekistonda xotin-qizlarni
himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.
«O‘zbekiston ayollarga nisbatan
zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun mustahkam poydevor yaratishga erishdi.
Qonunchilikni yanada takomillashtirish, ma'lumotlarni hisobga olish tizimini
rivojlantirish va femitsidning oldini olish mexanizmlarini mustahkamlash
navbatdagi muhim qadam bo‘lishi mumkin», — deb qayd etdi Jeren Gyuven Gyures.
Jeren Gyuven Gyuresning qayd etishicha,
O‘zbekiston Respublikasi Sharqiy yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida
oilaviy zo‘ravonlikni alohida jinoyat sifatida kriminallashtirgan dastlabki
beshta davlatdan biriga aylandi.
«BMT – ayollar» tuzilmasining dasturlar
bo‘yicha tahlilchisi Malika Shotursunova Markaziy Osiyo mamlakatlarida
femitsidni o‘rganish bo‘yicha ilk mintaqaviy tadqiqotning dastlabki
natijalarini taqdim etdi. Tadqiqot mintaqada qonunchilik va davlat siyosatini
takomillashtirish uchun isbot-dalillar bazasini shakllantirishga qaratilgan.
Tadbirda, shuningdek, Yangi
O‘zbekistonning xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish borasidagi
milliy tajribasi, ichki ishlar, prokuratura organlari va sud tizimi faoliyati
amaliyoti hamda jabrlangan ayollarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolik
jamiyati tashkilotlarining tajribasi taqdimot qilindi.
Davra
suhbatida fuqarolik jamiyati institutlari — Nemolchi.uz loyihasi va “Oydin NUR”
markazi vakillari ham o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.
Davra suhbati yakunida qonunchilikni
yanada takomillashtirish, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishning
institutsional mexanizmlarini mustahkamlash va femitsidning oldini olish
bo‘yicha samarali tizimni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining
yeXHT, “BMT – ayollar” tuzilmasi hamda boshqa xalqaro hamkorlar bilan
aloqalarini davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Ma’lumot uchun: BMT ma'lumotlariga
ko‘ra, har yili 85 ming nafarga yaqin xotin-qiz qasddan sodir etiladigan
qotilliklar qurboniga aylanadi va ularning qariyb 60 foizi hozirgi yoki sobiq
turmush o‘rtoqlari yoxud boshqa oila a'zolari qo‘lidan halok bo‘ladi. Shuning
uchun ham bugungi kunda femitsidning oldini olish masalasiga xotin-qizlar
huquqlarini himoya qilish va yashash huquqini ta'minlash sohasidagi xalqaro
siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.