Maʼlum qilinishicha, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, transport oqimini tartibga solish hamda jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida olib borilayotgan ishlar sababli 2026 yil 2 iyul soat 01:00 dan 13 iyul soat 06:00 ga qadar Mustaqillik shohkoʻchasining Mirzo Ulugʻbek koʻchasi kesishmasidan Oqqoʻrgʻon koʻchasigacha boʻlgan yoʻnalishidagi qatnov qismi transport harakati uchun yopiladi.

Qayd etilishicha, tirbandliklarning oldini olish va haydovchilar uchun noqulayliklarni kamaytirish maqsadida qurilish ishlari davomida yoʻlning qarama-qarshi qatnov qismida harakat vaziyatidan kelib chiqqan holda ayrim vaqtlarda ikki tomonlama harakat tashkil etilishi mumkin.

Haydovchilardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr soʻrab, harakat yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirish soʻraldi.