Forumning tantanali oçiliş marosimida «Mikrokreditbank» boşqaruv raisi Malik Abduaxatoviç sözga çiqib, iştirokçilarni xalqaro tadbir bilan tabrikladi. U soha vakillarini özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş, işbilarmonlik aloqalarini kengaytiriş va ilğor tajriba almaşişga çaqirdi.

Anjuman davomida parrandaçilik sanoatini yanada rivojlantiriş, naslçilikni takomillaştiriş, parrandalarni samarali oziqlantiriş, biologik xavfsizlikni taʼminlaş va zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, sohaga ilğor xorijiy tajribani tatbiq etiş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va mahalliy işlab çiqaruvçilarning raqobatbardoşligini oşiriş istiqbollariga eʼtibor qaratildi.

Taʼkidlanişiça, bunday xalqaro muloqot maydonlari parrandaçilik korxonalari örtasida hamkorlikni rivojlantiriş, yangi texnologiya va işlab çiqariş usullarini özlaştiriş hamda tarmoqning barqaror taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Reklama