Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Yunusobod tumani bölimi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qiliş yuzasidan tezkor tadbir ötkazildi.
Maʼlum bölişiça, fuqaro Ş.R. «C.S.» MÇJ rahbari I.K.ga qalbaki xizmat guvohnomasini körsatib, özini «Yunusobodtumangaz» xodimi sifatida taniştirgan. U korxonaning umumiy ovqatlaniş şoxobçasida aniqlangan qonunbuziliş holati uçun qöllanilişi mumkin bölgan 5,2 million söm jarimani rasmiylaştirmaslik evaziga 3,3 million söm talab qilgan.
Uşbu pulni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida u aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilaştiriş va ulardan foydalaniş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.