FVV holatga izoh berishicha, shu yilning 28 iyun kuni Toshkent shahri Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘ining «Charxpalak» attraksioni to‘xtab qolgani to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, attraksionda qolib ketgan fuqarolarni xavfsiz tarzda yerga tushirish ishlarini amalga oshirgan.

Toshkent shahar FVB B maʼlumotiga ko‘ra, barcha fuqarolar to‘liq xavfsiz joyga tushirib olingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoki tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Vaziyat to‘liq nazoratga olingan.