Bu haqida Transport vazirligi maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, 25–31 may kunlari “Uzbekistan Airways”, “Silk Avia” hamda “Centrum Air” aviakompaniyalari tomonidan Toshkentdan Buxoro, Termiz, Urganch va Nukus shaharlariga borish-qaytish yoʻnalishida jami 28 ta qoʻshimcha aviaqatnov amalga oshiriladi.
Natijada qoʻshimcha 8 988 nafar yoʻlovchining oʻz manziliga aviaqatnovlar orqali yetib borishi taʼminlanadi.
Hozirgi amaldagi parvozlar jadvaliga koʻra, haftasiga Toshkent — Buxoro yoʻnalishida 23 ta, Toshkent — Termiz yoʻnalishida 23 ta, Toshkent — Urganch yoʻnalishida 35 ta hamda Toshkent — Nukus yoʻnalishida 16 ta reys bajarilmoqda. Shu tariqa mazkur yoʻnalishlar boʻyicha haftalik qatnovlar soni jami 97 tani tashkil etmoqda.