Xususan, 4 iyun soat 06:00 dan 8 iyun soat 07:00 gacha quyidagi hududlar barcha turdagi transport vositalari harakati uchun yopiladi:

  • Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
  • Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilarga mazkur davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya etildi.

Mas’ullar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, fuqarolardan vaqtinchalik cheklovlarni inobatga olishni so‘radi.