Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumanida yashovchi iste'molchi S.Qurbonovning elektron shakldagi murojaati O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o'rganildi, deya xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.
Unda qayd etilishicha, iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” yorliqli idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan. Fuqaroning murojaatidan keyin kompaniya servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etib bergan. Biroq ma'lum vaqt o'tgach, ushbu muammo yana qaytalangan. Iste'molchi federatsiyadan mahsulotning maqbul sifatdagisiga almashtirilishi yoki puli qaytarilishida amaliy yordam so'ragan.
Murojaatni o'rganish jarayonida ma'lum bo'lishicha, idish yuvish mashinasi 5 million 520 ming so'mga pulini bo'lib to'lash sharti bilan sotib olingan. Mashinada haqiqatan ham iste'molchi bildirgan nuqson mavjud. Kafolat muddati doirasida bepul servis xizmati ko'rsatilgan.
Holatni o'rganish natijasida nuqsonli tovarning sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Tovar sifatlisiga almashtirib berildi
Iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan.
Aichi-Nagoya-2026: Shohruhxon Baxtiyorov — Osiyo oʻyinlari chempioni!
- Aichi-Nagoya-2026: Ibodatxon Agojonova oltin medalni qoʻlga kiritdi
- MY.SUD.UZ interaktiv xizmatlar portalida “Taqiqlangan kanallar” xizmati joriy etildi
- Saida Mirziyoyeva bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazoni kuchaytirish zarurligini aytdi
- Dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi
- O‘zbekiston diplomatlari Atiraudagi vatandoshlarga konsullik xizmatlarini ko‘rsatdi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?