Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumanida yashovchi iste'molchi S.Qurbonovning elektron shakldagi murojaati O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o'rganildi, deya xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.
Unda qayd etilishicha, iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” yorliqli idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan. Fuqaroning murojaatidan keyin kompaniya servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etib bergan. Biroq ma'lum vaqt o'tgach, ushbu muammo yana qaytalangan. Iste'molchi federatsiyadan mahsulotning maqbul sifatdagisiga almashtirilishi yoki puli qaytarilishida amaliy yordam so'ragan.
Murojaatni o'rganish jarayonida ma'lum bo'lishicha, idish yuvish mashinasi 5 million 520 ming so'mga pulini bo'lib to'lash sharti bilan sotib olingan. Mashinada haqiqatan ham iste'molchi bildirgan nuqson mavjud. Kafolat muddati doirasida bepul servis xizmati ko'rsatilgan.
Holatni o'rganish natijasida nuqsonli tovarning sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Tovar sifatlisiga almashtirib berildi
Iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan.
Sohibqiron Amir Temurning 690-yilligiga bagʻishlangan anjuman tashkil etildi
- Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash yanada kengaytiriladi
- Sinfdosh qizini kaltaklagan o‘quvchi yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish masalalari muhokama qilindi
- Hafta davomida o‘zgaruvchan ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi
- «Amir Temur» filmi: tarixiy haqiqatmi yoki badiiy talqin?
IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
- Yangi Oʻzbekiston Navroʻzi – yuksalish va taraqqiyot davri
- O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi
- Davlatimiz rahbari yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillari bilan muloqot qildi