Seysmologik maʼlumotlarga ko‘ra, zilzila magnitudasi 5,5 ni tashkil etgan bo‘lib, yer qaʼrida 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Epitsentr Toshkentdan 269 km janubi-sharqda joylashgan. Zilzila 3 aprel kuni soat 15:26:49 da qayd etilgan.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi quyidagicha bo‘ldi:
Farg‘ona viloyatida — 3 ball (140 km),
Namangan viloyatida — 2 ball (200 km),
Andijon viloyatida — 2 ball (203 km),
Sirdaryo viloyatida — 2 ball (234 km),
Toshkent viloyatida — 2 ball (257 km),
Toshkent shahrida — 2 ball (269 km).

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida jabrlanganlar va vayronagarchilik holatlari qayd etilmagan.