Abituriyentlar o‘z natijalarini quyidagi to‘rt usuldan biri orqali bilishi mumkin.
1. my.uzbmb.uz sayti orqali
Abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritish orqali natijani tekshirish mumkin.
2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali
Mazkur saytda abituriyentning ID raqamini kiritish kifoya.
3. Telegram-botlar orqali
Abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan ID raqamini Qobiliyatni baholash agentligining quyidagi Telegram-botlariga yuborishi mumkin:
@bmba_natija_bot
@bmba_natija_1bot
@bmba_natija_2bot
4. Test natijalari qaydnomasi orqali
Test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.