Xabarlarga ko‘ra, AQSh yetakchisi bu fikrlarni Fox News telekanali jurnalisti Lora Ingremga bergan intervyusida bildirgan.

“Bu saylovdan so‘ng darhol yakunlanishi kerak”, — dedi Tramp. “U [saylovdan] oldin ham tugashi mumkin, ammo menimcha, bu aynan saylovdan keyin yuz beradi”.

Shu bilan birga, Oq uy rahbari Eronga qarshi harbiy amaliyot boshlash qaroridan hech qanday afsusda emasligini ta’kidladi.

“Yo‘q. Men “afsuslanish” degan tushunchani tan olmayman. Agar buni qaytadan qilishga to‘g‘ri kelsa, aynan o‘sha ishni qilgan bo‘lardim”, — deb javob berdi Tramp ushbu masala bo‘yicha berilgan savolga.

Kongressga oraliq saylovlar 3-noyabrga belgilangan bo‘lib, unda saylovchilar Senatning 100 nafar a’zosidan 33 nafarini hamda Vakillar palatasining barcha 435 nafar a’zosini saylashadi, deb xabar berdi report.az.