S.A. ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilib, davlat budjetiga jami 5 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan xalqaro qidiruvga berilgan edi.

Mazkur shaxs tegishli tergov va protsessual harakatlarni davom ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirildi.

O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni aniqlash hamda ularning javobgarlikdan qochib yurishiga yo‘l qo‘ymaslik yo‘nalishida izchil davom etmoqda.