Ucell bugun:

11 milliondan ortiq mobil abonentlar. Mamlakat boʻylab 200 dan ortiq shaxsiy va 3000 dan ortiq hamkor savdo nuqtalari mavjud boʻlib, ularda qulay tariflarning keng tanlovi va zamonaviy qurilmalarning boy assortimenti mavjud. Surxondaryoning togʻli qishloqlaridan Orol dengizi sohiligacha barqaror aloqani taʼminlayotgan 25 mingdan ortiq mantiqiy stansiya.

Kompaniya Markaziy Osiyoda birinchi boʻlib Toshkent metropolitenida mobil aloqaning 100% qamrovini taʼminlab, haqiqiy uzluksiz aloqa muhitini yaratdi. Metro bekatlarida yuqori tezlikdagi 5G tarmogʻi, tonnellarda esa barqaror 4,5G qamrovi mavjud.

Ucell sohaning texnologik rivojlanish surʼatini dadil belgilab bermoqda. Kompaniya 2019-yildayoq Oʻzbekistonda birinchilardan boʻlib 5G tarmogʻidan tijoriy foydalanishni yoʻlga qoʻygan va oʻshandan beri beshinchi avlod tarmogʻi qamrovini izchil kengaytirib kelmoqda.

Ucellʼning 5G yoʻli poytaxt — Toshkentdan boshlanib, keyin Samarqandga yoyildi. Bugungi kunda Fargʻona vodiysida katta natijalarga erishildi: Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi barcha aholi punktlari 5G aloqa bilan taʼminlangan.

Navoiy viloyatidagi Zarafshon shahri alohida faxr manbaidir — u mamlakatda Ucellʼning 5G tarmogʻi bilan toʻliq qamrab olingan ilk shahar boʻldi. Bu kompaniya strategiyasining yorqin ifodasidir: ilgʻor texnologiyalar nafaqat megapolislar, balki barcha hududlar uchun ham ochiq boʻlishi kerak.

Ucell uchun rivoj — bu nafaqat texnologiya, balki mamlakat kelajagiga hissa qoʻshishdir. Kompaniya “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda. 2021–2025-yillar davomida Ucell koʻmagida minglab daraxtlar ekilib, Nukusdan tortib Andijongacha boʻlgan hududlarda yanada yashil va qulay muhit shakllantirildi.

Ucell raqamli imkoniyatlarni kengaytirib, yangi sifat standartini taklif etuvchi xizmatlarni yaratish orqali oldinga intilishda davom etmoqda. Bunda raqamli qulaylik hayotni osonroq, qulayroq va yorqinroq qiladi. Oldinda esa yanada koʻproq innovatsiyalar, yanada koʻproq imkoniyatlar va har bir inson bilan yanada yaqinroq aloqa kutmoqda.