Qarorga koʻra, Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilinadi.

2026 yil 1 iyundan daryoning sohil boʻyi mintaqalari hamda suvni muhofaza qilish zonalarida tabiiy gidrologik tizim va ekologik muvozanatga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har qanday qurilish, yer ishlari va sun’iy inshootlarni barpo etish qat’iyan man etiladi. Bunda:

  • daryo havzasi va uning irmoqlari doirasida gidrotexnik, gidromeliorativ ishlar, bino va inshootlar, gidroenergetika, suvni tartibga solish va derivatsiya inshootlarini qurish toʻliq taqiqlanadi (faoliyat yuritayotgan gidroenergetika obyektlarini rekonstruksiya qilish bundan mustasno);
  • daryoning davlat gidrologik tabiat yodgorligi hududida qurilish ishlari uchun yer uchastkalari ajratilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ugom daryosining sohil boʻyi mintaqalari va suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan obyektlarning atrof-muhitga salbiy ta’siri va ekologik talablar bilan mosligini oʻrganish yuzasidan Hukumat komissiyasi tarkibi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.