Mehmonxona Yakkasaroy tumani Qushbegi ko'chasida joylashgan bo'lib, 75 xona va 150 o'ringa mo'ljallangan. Sertifikatlashtirish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo'lib, avvalo tashkilotda yuqori yoki o'rta bo'g'inda faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimi xavfsiz xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kurslarida ta'lim olishi va yakuniy testdan o'tishi, keyin esa tashkilotda OʻzDSt37.001 “Turistik industriya ob'ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko'rsatishga doir tavsiyalar” davlat standarti talablarini joriy qilgan holda sertifikatlashtirish uchun ariza topshirilishi lozim. Ta'lim olish va sertifikatlashtirish onlayn tarzda, http://safetravel.uz/ sayti orqali amalga oshiriladi. Ta'kidlash lozimki, “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi turizm industriyasining barcha ob'ektlarida sanitar-gigienik xavfsiz xizmat ko'rsatishni nazarda tutadi. Bunda sayyohlar aeroport yoki vokzalga kelib tushganidan so'ng ularni kutib olish, transfer, joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlari, madaniy, tarixiy, ziyorat va ko'ngilochar ob'ektlarda bo'lishlarida xavfsiz xizmat ko'rsatiladi. Mazkur ob'ektlarning barchasi xavfsiz turistik xizmatlar ko'rsatish bo'yicha sertifikatlashtirishdan o'tishi mumkin.
“Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi bo'yicha ilk mehmonxonaga sertifikat berildi
Xavfsiz turizm xizmatlarini ko'rsatish orqali sayyohlar salomatligini ta'minlashga qaratilgan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimi doirasida tadbirkorlik sub'ektlariga qarashli turizm industriyasi ob'ektlarida sertifikatlashtirish ishlari olib borilmoqda. Toshkent shahrida joylashgan “Qushbegi Plaza Hotel” mehmonxonasi birinchilardan bo'lib xavfsiz turizm xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha sertifikatlashtirishdan o'tdi.
ADU talabalari VI Ochiq Xalqaro olimpiadada yuksak natijalarni qoʻlga kiritdi
- O‘zbekiston Lesoto bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
- Oʻzbekiston milliy tabiiy meros obyektlari hududida qurilish ishlari uchun talablar belgilandi
- Oʻzbekiston va YUNESKO hamkorligida maktabgacha taʼlim markazi tashkil etiladi
- Xalqimizning porloq istiqboli farzandlarimiz salomatligiga bogʻliq
- Sogʻlom jamiyat, baquvvat millat va yorqin kelajak sari ishonchli qadam
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
- Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
- Yangi Oʻzbekiston Navroʻzi – yuksalish va taraqqiyot davri
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi