Yilning dastlabki 7 oyida mamlakatimizga 7,7 million sayyoh kelgan bo‘lsa, faqat avgust oyining o‘zida 1,4 million sayyoh tashrif buyurdi.
Turistik tashriflarning eng yuqori o‘sishi Xitoy (2,3 barobar), Malayziya (2 barobar), Yaponiya (1,5 barobar), AQSh (1,4 barobar) va Rossiya (1,3 barobar) davlatlaridan qayd etildi. Shuningdek, Germaniyadan tashriflar 25 foizga, Fransiya va Buyuk Britaniyadan 21 foizga, Turkiyadan esa 15 foizga oshdi.
Turistik xizmatlar eksporti esa 4,6 milliard AQSh dollariga yetdi — bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 53,5 foizga ko‘p.