Unga koʻra, endi Olimpiya oʻyinlari va XOQ tomonidan tashkil etilgan barcha musobaqalarda ayollar bahslarida faqat biologik ayollar ishtirok etishi mumkin.
Yangi tartibga koʻra, sportchilarning biologik jinsi bir martalik SRY geni (Sex-determining Region Y) boʻyicha test orqali aniqlanadi. Ushbu test qon yoki soʻlak namunasi orqali, nisbatan noinvaziv usulda oʻtkaziladi.
XOQ maʼlum qilishicha, SRY geni mavjudligi inson erkak jinsiy rivojlanish bosqichidan oʻtganini koʻrsatadi. Agar test natijasi manfiy boʻlsa, sportchiga umrbod ayollar musobaqalarida qatnashish huquqi beriladi. Qayta test topshirish talab etilmaydi, faqat natija boʻyicha shubha paydo boʻlsa, qayta tekshiruv oʻtkazilishi mumkin.
Shu bilan birga, ayrim istisnolar ham nazarda tutilgan. Masalan, androgenlarga toʻliq sezgirlik yoʻqligi sindromi aniqlangan holatlarda alohida tartib qoʻllanilishi mumkin.
Test natijasi ijobiy chiqqan sportchilar erkaklar, aralash yoki jinsga qarab ajratilmagan toifalarda ishtirok etishi mumkin boʻladi.
Mazkur yangi qoidalar Los Angeles 2028 Summer Olympics dan boshlab kuchga kiradi. Ular faqat rasmiy sport musobaqalariga taalluqli boʻlib, ommaviy va koʻngilochar tadbirlarga tatbiq etilmaydi.
Maʼlumot uchun, Donald Trump maʼmuriyati davrida AQSHda 2025-yil fevral oyidan transgender sportchilarning ayrim musobaqalarda ishtirok etishi cheklangan edi.