Hozirda Oyga odamlarni qöndiriş uçun tayyorgarlik işlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Hinhua.
Xitoyning inson iştirokidagi kosmik dasturi boş dizayneri örinbosari va Oyni örganiş dasturining boş dizayneri Van Syan uşbu rejani Pekinda bölib ötgan Inson iştirokidagi kosmik parvozlari böyiça VII ilmiy simpoziumda taqdim etdi.
Rejaga köra, ikkita raketa alohida-alohida "Lanyue" Oyga qöniş moduli va "Mençjou" boşqariladigan kosmik kemasini Yer — Oy ötiş orbitasiga çiqaradi. Keyin ikkita kosmik kema Oy orbitasida uçraşadi. Kosmonavtlar "Mençjou" kosmik kemasidan «Lanyue» qöniş moduliga ötib, Oyga qönişadi. U yerda ular ilmiy tadqiqotlar olib boradilar.
Van Syanning sözlariga köra, bu yondaşuv Xitoyning hozirgi texnik imkoniyatlari va infratuzilmasiga töliq mos keladi. Bundan taşqari, kosmik kema va Oyga qöndiruvçi qurilmaning alohida işlab çiqilişi transport vositalarining işlab çiqilişini birlaştiriş va uzoq muddatli transport vositalari tarmoğini şakllantiriş imkonini beradi.
Hozirda asosiy kosmik kema — "Çançjen-10" raketa taşuvçisi, "Mençjou" boşqariladigan kosmik kemasi va "Lanyue" qöndiruvçi qurilmasining işlab çiqilişi barqaror va muvaffaqiyatli olib borilmoqda.
U Oyga qöniş va uni avtomatik transport vositalari yordamida örganiş missiyalari asosiy texnologiyalar, infratuzilma va xodimlar nuqtai nazaridan köplab umumiy xususiyatlarga ega ekanligini taʼkidladi. Şuningdek, "Çanʼe" Oyni tadqiq qiliş dasturi doirasida erişilgan natijalar boşqariladigan missiyani amalga oşiriş uçun mustahkam poydevor yaratişini aytdi, deb xabar berdi Kazinform.