Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida moddiy tomondan qiyin ahvolga tushib qolgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari, jumladan, A.M, K.M, Y.N, V.Aga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Ularga Migratsiya agentligi jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachiptalar xarid qilinib, joriy yilning 13-oktyabr kuni “Vladivostok – Toshkent” yo‘nalishida amalga oshiriladigan aviareys orqali vatanga qaytishi ta’minlandi.
Mazkur vatandoshlarimizga og‘ir hayotiy vaziyatlarda har tomonlama ko‘mak ko‘rsatilib, qonuniy manfaatlari himoya qilindi.