Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini o‘tkazsish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi faoliyati yopiq ish rejimiga o‘tkazilishi sababli iyul oyida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari 2026-yilning avgust-sentabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etiladi:

AVGUST:

2026-yil 13-avgust

2026-yil 27-avgust

SЕNTABR:

2026-yil 10-sentabr

2026-yil 24-sentabr

Test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.