Insonparvarlik, mehr-muruvvat va bagʻrikenglik kabi olijanob umuminsoniy qadriyatlarni oʻzida mujassam etgan muborak Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy, jamoat va din arboblaridan tabrik maktublari kelmoqda.
Xorijiy hamkorlar oʻz qutlovlarida Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga samimiy hurmat-ehtirom izhor etib, yurtimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilamoqda, vijdon va eʼtiqod erkinligini taʼminlash, barqaror taraqqiyotga erishish, inson qadrini ulugʻlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholab, doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga qatʼiy intilishlarini taʼkidlamoqda.
Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozogʻiston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri oʻrinbosari, Prezident ishlari boʻyicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq;
Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Ol Xalifa;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Saudiya Arabistoni Podshohligi davlat vaziri, Vazirlar Kengashi aʼzosi Turki bin Muhammad bin Fahd bin Abdulaziz Ol Saud;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.