Zilzila 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘ldi. Ariake va Yatsusiro

ko‘rfazlarining qirg‘oqbo‘yi hududlarida bir metrgacha sunami xavfi mavjud. Magnitudasi 5,6 bo‘lgan birinchi zilziladan bir soat o‘tmay, magnitudasi 6,1 bo‘lgan ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologik xizmati birinchi zilzilaning magnitudasi 6,8, ikkinchisini esa 6,1 deb baholadi.

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaiti Kyusyu orolida 7,1 magnitudali zilzila yo‘llar va ko‘priklarga zarar yetishiga, binolar qulashiga, yong‘inlar va elektr uzilishlariga olib kelganini aytdi. Hududlardagi AESlarda hech qanday uzilishlar qayd etilmagan.

Jarohatlanganlar soni bo‘yicha ma’lumotlar yangilanmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, zilzila oqibatida 50 dan ortiq odam jarohat olgan. Zilziladan so‘ng, Yaponiya hukumati maxsus guruh tuzdi, deb xabar berdi teleport2001.ru.

NHK telekanalining xabar berishicha, bu 2024 yil yanvar oyida Noto yarim orolida sodir bo‘lgan voqeadan beri Yaponiyada 7,1 magnitudali yoki undan yuqori magnitudali birinchi zilziladir.