Bu 1972-yildan beri Oy sari amalga oshirilgan ilk ekipajli parvoz hisoblanadi. Kema SLS ogʻir raketa-tashuvchisi yordamida Kennedy Space Centerdan start oldi.
Ekipaj tarkibiga Rid Uaysmen, Viktor Glover, Kristina Kox va Jeremi Xansen kirgan.
Missiya doirasida “Orion” Oy atrofida bir marta aylanib chiqadi. Parvoz taxminan 10 kun davom etadi va u Oy yuzasidan 7,5 ming km masofada uchib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu missiya Oyga qoʻnishni nazarda tutmaydi, asosiy maqsad — kemaning tizimlarini ochiq koinot sharoitida sinovdan oʻtkazishdir.
“Artemida-2” bir qator jihatlari bilan tarixiy ahamiyatga ega: ilk bor ayol astronavt va AQSH fuqarosi boʻlmagan ishtirokchi Oy sari parvoz qilmoqda. Shuningdek, ekipaj inson tarixidagi eng uzoq masofaga chiqqan parvozlardan birini amalga oshirishi kutilmoqda.
Ushbu missiya kelgusidagi “Artemida-3” va “Artemida-4” dasturlari uchun muhim bosqich boʻlib, ular doirasida insonni yana Oy yuzasiga tushirish rejalashtirilgan.