Munir Mamedzade so‘nggi uch yilda YUNICEFning Qirg‘izistondagi vakili o‘rinbosari sifatida ishlagan. U faoliyati davomida YUNICEF dasturlarini boshqarish, mazkur tashkilotda hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul, dasturlarni boshqarish guruhining raisi vazifasini bajargan. U YUNICEFning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, shuningdek, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasida ham ishlagan.
YUNICEFdagi mehnat faoliyatidan avval Munir Mamedzade yoshlar masalalari bo‘yicha yirik nodavlat tashkilot ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman idorasining Xalqaro bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, xususan, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik tajribaga ega.
U Moskvada iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. U Shveysariyaning Friburg universitetining bolalar huquqlari sohasida ilg‘or dastur bo‘yicha magistr darajasiga ega.
Munir Mamedzade Ozarbayjon fuqarosi, ingliz, rus va turk tillarini biladi.
U 2016-yilning oktyabr oyida YUNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlangan Sasha Graumann o‘rnini egalladi.
YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Munir Mamedzade YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida ish boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Andijonda qalbaki dori ishlab chiqarish bilan bogʻliq yashirin sexlar fosh etildi
- Oʻzbekiston Gabon ustidan gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston – Tojikiston sammiti yakunlandi
- Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari zamonaviy toʻqimachilik korxonasiga tashrif buyurdilar
- O‘zbekiston – Tojikiston o‘rtasida turistik tashriflar soni ortib bormoqda
- O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi arafasida xalqaro savdo huquqidagi tiktonik o‘zgarishlar
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
- Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi
- Yangi Oʻzbekiston Navroʻzi – yuksalish va taraqqiyot davri