Munir Mamedzade so‘nggi uch yilda YUNICEFning Qirg‘izistondagi vakili o‘rinbosari sifatida ishlagan. U faoliyati davomida YUNICEF dasturlarini boshqarish, mazkur tashkilotda hamda BMT tizimidagi tarmoqlararo hamkorlikni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul, dasturlarni boshqarish guruhining raisi vazifasini bajargan. U YUNICEFning Ozarbayjon, Moldova, Nepaldagi vakolatxonalarida, shuningdek, Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy vakolatxonasida ham ishlagan.
YUNICEFdagi mehnat faoliyatidan avval Munir Mamedzade yoshlar masalalari bo‘yicha yirik nodavlat tashkilot ijrochi direktori, Ozarbayjonda Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman idorasining Xalqaro bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. U inson huquqlari, xususan, bolalar huquqlari, yoshlar va rivojlanish sohalarida 20 yillik tajribaga ega.
U Moskvada iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan. U Shveysariyaning Friburg universitetining bolalar huquqlari sohasida ilg‘or dastur bo‘yicha magistr darajasiga ega.
Munir Mamedzade Ozarbayjon fuqarosi, ingliz, rus va turk tillarini biladi.
U 2016-yilning oktyabr oyida YUNISEFning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari etib tayinlangan Sasha Graumann o‘rnini egalladi.
YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinlandi
Munir Mamedzade YUNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatida ish boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Belarusda xalqaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi: Buxoro davlat texnika universiteti delegatsiyasining xizmat safari samarali yakunlandi
- Ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi
- O‘zbekiston Prezidentining yana bir global tashabbusi BMTda keng e’tirof etildi va qabul qilindi
- O‘zgidromet: mamlakatimizning ayrim hududlariga sel kelishi xavfi mavjud
- Neft-gaz tarmog‘idagi ishlar holati ko‘rib chiqildi
- Mamlakatimizda mazkur haftada havo harorati biroz pasayadi
Yangi o‘quv yilidan maktablarda dars soatlarini taqsimlash tartibi o‘zgartiriladi
- Bugun 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari to‘liq yakunlanadi
- Ahadjon Kimsanboyev shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
- Oʻzbekiston Prezidenti Ozarbayjon bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
- Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi
- Pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi