AT, sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot rivojiga yangi ruh berilib, 10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga olib kirish maqsad qilindi.

Istiqlol bayrami arafasida xitoylik hamkorlar bilan “Samarqand – 2028” sunʼiy yoʻldoshi fazoga uchirilgani alohida gʻurur bilan qayd etildi.

Mening niyatim: Oʻzbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilgʻor tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Oʻzbek tili raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan til boʻlishi lozim, – dedi davlatimiz rahbari.

Inson qadri haqida soʻz yuritganda, aholi salomatligiga alohida eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. Soʻnggi yillarda sohaga ajratilayotgan mablagʻ 8 karradan ziyod oshirilib, sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati markazda ham, hududlarda ham yaratildi.