Premyerada içki işlar vaziri örinbosari, polkovnik Diyorbek Sattorov boşçiligidagi soha xodimlari, ularning oila aʼzolari, Akademiya kursantlari hamda bölajak içki işlar organlari xodimlari iştirok etdi.

Spektakl Islom Hamro asari asosida Içki işlar vazirligi buyurtmasiga binoan Madaniyat vazirligi va Özbekiston davlat drama teatri hamkorligida sahnalaştirilgan.

Sahna asarida boş qahramonning murakkab hayot yöli, haqiqat uçun kuraşi va ruhiy keçinmalari orqali inson şaʼni, vijdon va masʼuliyat masalalari yoritilgan. U tomoşabinlarni har bir insonning qadr-qimmati va haq-huquqlari haqida muşohada yuritişga undaydi.

Spektaklda mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, uning huquq va erkinliklarini himoya qiliş hamda qonun ustuvorligini taʼminlaşga qaratilgan islohotlar mazmuni ham öz ifodasini topgan.

Asarda kötarilgan masalalar içki işlar organlari xodimlarining kundalik faoliyati bilan ham bevosita boğliq. Zero, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmaslik, holatlarga xolis baho beriş va qonun talablariga qatʼiy rioya qiliş muhim ahamiyatga ega.

Qahramonlarning tanlovi va xatti-harakatlari orqali halollik, mardlik, adolatparvarlik hamda xizmat burçiga sadoqat kabi fazilatlar namoyon etiladi.

Spektakl, ayniqsa, bölajak içki işlar organlari xodimlarining kasbiy masʼuliyatini çuqurroq anglaşi, inson taqdiriga daxldor har bir qarorga vijdonan yondaşişi nuqtai nazaridan tarbiyaviy ahamiyatga ega.

«Oqlov» asari inson qadrini asraş, adolatni himoya qiliş va xizmat burçini halol bajariş har bir xodimning muhim vazifasi ekanini eslatadi. Insonparvarlik esa nafaqat kasbiy talab, balki vijdon amri ham bölişi lozim.

Bu haqda Içki işlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy işlar va kadrlar bilan taʼminlaş departamenti axborot xizmati xabar berdi.