O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi «Franklin Templeton» bilan hamkorlikda London va Toshkent fond birjalarida IPO jarayonini boshladi», — deb yozdi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan tizimli va izchil islohotlar natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti uch barobar o‘sdi, davlat institutlari samaradorligi ortdi hamda investorlar uchun ishonchli kafolatlar yaratildi.

«BlackRock», «Franklin Resources», «Redwheel» kabi dunyoning yirik investitsiya kompaniyalarining ushbu jarayonda ishtirok etayotgani xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston tanlagan yo‘l va mamlakat kelajagiga katta ishonch bildirayotganining yorqin tasdig‘idir.

Mazkur IPO O‘zbekistonning global moliya bozorları bilan integratsiyalashuvi va ochiq iqtisodiyot sari tashlayotgan eng muhim qadamlaridan biri sifatida baholanmoqda.