Davlatimiz rahbari Ostona shahrida “Kelajak oʻyinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

“Kelajak oʻyinlari” oʻzida anʼanaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan.

Musobaqa 29-iyuldan 9-avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, Oʻzbekiston sportchilari ishtirokida oʻtkaziladi.