Uchrashuvda hisobni 12-daqiqada Dilshod Murtazoyev ochdi. Ikkinchi boʻlimda esa Azizbek Toʻlqinbekov 77-daqiqada jamoaning ikkinchi golini urdi.

Uchrashuv yakuniga yaqin Firdavs Abdurahmonov 87-daqiqada hisobni 3:0 ga yetkazdi.

Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistonini yirik hisobda magʻlub etib, Osiyo oʻyinlarining yarim finaliga chiqdi. Firdavs Abdurahmonov «Dinamo» klubi vakili hisoblanadi.