Bu haqida O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Qayd etilishicha, bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlar imzolandi. Jumladan, “Ikki yoqlama soliqka tortishning oldini olish hamda daromad va mol-mulk soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga oid Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Bayonnoma va Qo‘shimcha bayonnoma, “Migratsiya va mobillik sohasida sheriklik to‘g‘risida”gi Bitim, shuningdek, “Diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish haqida”gi Bitim qabul qilindi.
"Ishonchimiz komilki, bugungi muzokaralar O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘zaro ishonchni mustahkamlash va yangi qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qiladi”, deb yozadi tashqi ishlar vaziri.