Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Olimjon Abdullayev Qozoğistonning mamlakatimizdagi elçisi Yerali Tuğjanov bilan uçraşgan.
Muzokaralar davomida Özbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ikki mamlakat örtasidagi özaro qatnovni yengillaştiriş hamda davlat çegaralarini kesib ötişdagi mavjud tösiqlarni bartaraf etiş masalalari körib çiqilgan.
Xususan, fuqarolarning özaro safarlarini soddalaştiriş, jumladan, davlat çegarasidan ID-karta orqali ötiş imkoniyati yuzasidan fikr almaşilgan. Şuningdek, Qozoğistonda joriy etilayotgan «QazETA» elektron kiriş ruxsatnomasi tizimi doirasida Özbekiston fuqarolariga muayyan imtiyozlar beriş imkoniyatiga alohida eʼtibor qaratilgan.
Bundan taşqari, özbekistonliklarni Qozoğistonda taşkiliy tartibda işga joylaştiriş, bu boradagi şartnomaviy-huquqiy bazani takomillaştiriş va ikki mamlakat hududida fuqarolarning bölib turişi uçun qulay şaroitlar yaratiş masalalari ham muhokama qilingan.
Uçraşuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettiriş va kelişilgan yönalişlarda amaliy hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirgan.