Yangi markaz ikki mamlakat startaplarini xalqaro bozorlarga olib çiqiş, ularni xorijiy investorlar, hamkorlar va potensial mijozlar bilan boğlaşga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida Özbekiston va Qozoğistonning jami 12 ta startapi öz texnologik yeçimlarini Buyuk Britaniya auditoriyasiga taqdim etdi.

Marosimda 250 nafardan ziyod iştirokçi, jumladan, vençur fondlari, biznes-fariştalar, texnologik kompaniyalar va xalqaro startap ekotizimi vakillari qatnaşdi. Şuningdek, Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvçi özbekistonlik va qozoğistonlik texnologiya sohasi mutaxassislari ham tadbirda iştirok etdi.

Qatnaşçilar orasida NVIDIA, Startupbootcamp, EBRD VC, Molten Ventures, Innowise, Buyuk Britaniya Taşqi işlar vazirligi (FCDO), Citibank va Sturgeon Capital kabi taşkilotlar vakillari, şuningdek, Özbekiston va Qozoğistonning Buyuk Britaniyadagi elçilari ham bor.

Eurasia Growth Hub markazining işga tuşirilişi ikki mamlakat startap ekotizimlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, mintaqadagi texnologik loyihalar uçun xalqaro investitsiya va biznes aloqalarini kengaytiriş hamda ularning Buyuk Britaniya bozoriga çiqiş imkoniyatlarini oşirişga qaratilgan.