Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston tomoni Jazoir rahbariyatining ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan qat’iy intilishini yuqori baholab, ko‘p qirrali hamkorlikni yangi mazmun bilan boyitish, mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish va amaliy natijalarga erishish uchun yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini ta’kidladi.