Suv xoʻjaligi vaziri birinchi oʻrinbosari Zokir Ishpoʻlatovning maʼlum qilishicha, geografik nomlarni lingvistik meʼyorlar asosida qayta koʻrib chiqishdan maqsad davlat tili qoidalarining toʻliq va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash, shuningdek, turli manbalarda har xil yozib kelingan nomlarni yagona shaklga keltirishdan iborat.

Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 noyabrdagi qarori asosida mamlakatdagi daryolar, soylar, koʻllar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlari nomlari davlat tili meʼyorlariga muvofiqlashtirildi.

Qaror doirasida jami 130 ta suv obyektı nomi qayta koʻrib chiqildi. Xususan,

  • Uychi tumanidagi “Sassiqsoy” sel suv ombori “Shoʻrsuv”,
  • Yangiqoʻrgʻon tumanidagi “Gaiston” sel suv ombori “Yangiqoʻrgʻon”,
  • Kitob tumanidagi Jinnidarё “Zoʻğatasoy”,
  • Qumqoʻrgʻon tumanidagi “Janubiy Surxon” suv ombori esa “Surxon” deb nomlandi.

Taʼkidlanishicha, mazkur jarayon nafaqat til qoidalarini birxillashtirish, balki tarixiy-geografik haqiqatni toʻgʻri aks ettirish, mahalliy aholi qoʻllaydigan anʼanaviy nomlarni saqlash va davlat tili nufuzini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Shuningdek, Suv xoʻjaligi vazirligi va Kadastr agentligi tomonidan rasmiy hujjatlar, xaritalar hamda maʼlumotlar bazalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan.

Ayni paytda mamlakatdagi qariyb ikki mingta suv obyektı xatlovdan oʻtkazilib, ularni yagona davlat reestriga kiritish ishlari davom ettirilmoqda.