Tugʻilgan chaqaloqlar orasida oʻgʻil bolalar ulushi qizlarga nisbatan yuqori boʻlgan.

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, jami tugʻilishlarning:

  • 192,9 mingtasi (51,7 foiz) — oʻgʻil bolalar;
  • 180,5 mingtasi (48,3 foiz) — qiz bolalar hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tugʻilishlarning 49,0 foizi shahar joylarida, 51,0 foizi esa qishloq joylarida qayd etilgan.

2026 yilning yanvar–iyun oylarida har 1 ming nafar aholiga 19,6 ta tugʻilish toʻgʻri kelgan.

Maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda joriy yilning dastlabki olti oyida oʻgʻil bolalar tugʻilishi qiz bolalarga nisbatan 12,4 mingtagа koʻp boʻlgan.