Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Uchrashuvda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, NVIDIA kompaniyasining global SI infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha vitse-prezidenti Nisolо Saprez, shuningdek Firebird kompaniyasi prezidenti Alekhandr Yesayan va boshqaruvchi direktori Razmig Hovagʻhimian ishtirok etdi.

Muloqot davomida mehmonlarga Oʻzbekistonda sunʼiy intellekt sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar taqdim etildi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida SI data-markazlarini joylashtirish uchun yaratilayotgan imtiyozlar, mamlakatda amalga oshirilayotgan loyihalar hamda malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha tashabbuslar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, NVIDIA va Firebird vakillari tomonidan yirik sunʼiy intellekt infratuzilmasi loyihasi taqdim etildi. Unga koʻra, yuqori quvvatli — 125 megavattdan 250 megavattgacha kengaytirilishi mumkin boʻlgan zamonaviy SI maʼlumotlar markazini barpo etish taklifi muhokama qilindi.