Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 15,3 ming nafarga yoki 2,1 baravarga oshgan.
Mazkur davrda Oʻzbekistonga oʻqish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
- Turkmaniston — 11 986 nafar;
- Hindiston — 6 163 nafar;
- Tojikiston — 2 271 nafar;
- Xitoy — 1 311 nafar;
- Pokiston — 1 252 nafar;
- Qirgʻiz Respublikasi — 1 028 nafar;
- Misr — 852 nafar;
- Koreya Respublikasi — 732 nafar;
- Filippin — 620 nafar;
- Boshqa davlatlar — 3 333 nafar.