Qonun loyihasi maktabgaça va maktab taʼlimi tizimi örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, bolalarni maktabga tayyorlaş sifatini oşirişga qaratilgan.

Hujjat bilan «Maktabgaça taʼlim va tarbiya töğrisida»gi hamda «Taʼlim töğrisida»gi qonunlarga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş taklif etilmoqda.

Unga köra, maktabga bir yillik majburiy tayyorlov umumiy örta taʼlim tizimining dastlabki bosqiçi sifatida belgilanadi. Tayyorlov maşğulotlarini maktabgaça taʼlim taşkilotlari va umumiy örta taʼlim muassasalarida taşkil etiş nazarda tutilmoqda.

Şuningdek, bolalarning bir yillik maktabga tayyorlovdan ötiş huquqini kafolatlaş böyiça huquqiy asoslar mustahkamlanadi.

Qayd etilişiça, taklif etilayotgan özgartişlar taʼlim bosqiçlari örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, bolalarning maktab taʼlimiga tayyorgarlik darajasini oşiriş hamda taʼlim tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlaştirişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.