Samarqandda Jahon sammitining ikkinçi kuni: qanday masalalar köriladi?
“Bolalar farovonligiga investitsiyalar: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot yölida” xalqaro sammiti hamda Bolalar onkologiyasi va gematologiyasi böyiça II xalqaro kongress doirasida Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Boş direktori Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyevaga onkologik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy yordam körsatiş tizimini rivojlantirişdagi yetakçiligi va har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini global miqyosda ilgari surgani uçun nufuzli xalqaro mukofotni topşirdi.
“Muhtaram Birinçi xonim! Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçi, har bir bolaning taʼlim oliş va soğlom hayot keçiriş huquqining himoyaçisisiz”, — dedi JSST Boş direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Mukofot 2019-yilda taʼsis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qiliş sohasida aniq natijalar bergan alohida yetakçilik va yuksak yutuqlar uçun beriladi.
Avvalgi yillarda uşbu mukofotga davlatlar va xalqaro taşkilotlar rahbarlari, Nobel mukofoti sovrindorlari, taniqli olimlar va jamoat arboblari sazovor bölgan. Ular global emlaşni rivojlantiriş, yuqumli kasalliklarga qarşi kuraşiş, tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va soğliqni saqlaş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasi uçun taqdirlangan.
Şuningdek, xalqaro kongressda oğir kasalliklarga çalingan bolalarni qöllab-quvvatlovçi Global tarmoq tuzildi. Tarmoq birinçi xonimlar va davlat rahbarlarining turmuş örtoqlarini birlaştiradi. Ziroat Mirziyoyeva ikki yil muddatga tarmoq raisi etib saylandi.
Maʼlumot uçun, Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uçun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yöl” mavzusidagi Jahon sammiti öz işini davom ettirmoqda.
Sammitning ikkinçi kunida xalqaro taşkilotlar rahbarlari, vazirlar va ekspertlar iştirokida yuqori darajadagi plenar sessiyalar, ikki tomonlama muloqotlar va mavzuli muhokamalar ötkazilmoqda.
Kun tartibidan quyidagi muhim yönalişlar örin olgan:
- Bolalar salomatligi;
- Erta rivojlaniş va inklyuziv taʼlim;
- Ijtimoiy himoya;
- Kelajak texnologiyalari;
- Bolalarning töğri ovqatlanişi.
Şuningdek, sammit doirasida bolalar farovonligiga investitsiyalar böyiça Samarqand deklaratsiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan.