Saylda tuman adliya bo'limi, prokuratura, davlat xizmatlari markazi, FHDYO bo'limi, notarius, advokatlar, “Istiqbolli avlod”, “Yuksalish”, “Madad” nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan “bepul huquqiy maslahat” burchaklari tashkil etilib, aholiga huquqiy ma'lumotlar berildi, xizmatlar ko'rsatildi.
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftariga” kiritilgan fuqarolarning masalalari o'rganildi.
Ishtirokchilarning adliya va davlat xizmatlari sohasidagi huquqiy bilimlari ham sinovdan o'tkazildi.
“Siz davlat xizmatlari haqida nimalarni bilasiz?” nomli viktorinada to'g'ri javob bergan ishtirokchilarga Davlat xizmatlari agentligi logotipi tushirilgan esdalik sovg'alari topshirildi.
Shuningdek, “Davlat xizmatlari men uchun” rasmlar tanlovi tashkil etildi.
“O'zimiz keldik” aksiyasi doirasida aholiga mobil avtobusda shu erning o'zida davlat xizmatlari ko'rsatildi. Shu kuni davlat xizmatlari va FHDYO sohasiga doir 30 ga yaqin murojaat qabul qilindi. 10 nafar fuqaroga sayyor xizmat ko'rsatildi.
Sayyor tartibda 2 ta nikoh qayd etildi, 3 oila farzandlariga muddati kechikkan tug'ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Saylda tuman madaniyat bo'limi xonandalari ijrosida kontsert dasturi namoyish etildi.
DXA Toshkent viloyat matbuot xizmati