Rossiya vaktsinasini sinovdan o'tkazgandan so'ng, 100 foiz ko'ngillilarda immunitet kuzatilgan

    20 dan ortiq davlatlar Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaktsinasiga qiziqish bildirgan va besh mamlakat uni ishlab chiqarishda ishtirok etishni rejalashtirishmoqda.

    Rossiya olimlari tomonidan ishlab chiqilgan koronavirus vaktsinasi yuz foiz ko'ngillilarda immunitet yaratadi. Bu haqda Rossiya to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriev ma'lum qildi.
    Uning CNN telekanaliga aytishicha, sinovlarning birinchi va ikkinchi bosqichi vaktsina qabul qilingandan keyingi 21-kuni barcha ko'ngillilarda immunitet paydo bo'lganini ko'rsatmoqda.

    Dmitrievning so'zlariga ko'ra, hayvonlarning 100 foizida emlashdan keyin immunitet rivojlangan.

    Rossiya Federatsiyasi tomonidan vaktsina to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilish vaqti haqida gapirilganda, u barcha ma'lumotlar avgust oyida taqdim etilishini aytdi.

    Bundan tashqari, Kirill Dmitrievning ta'kidlashicha, 20 dan ortiq davlatlar Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaktsinasiga qiziqish bildirgan va besh mamlakat uni ishlab chiqarishda ishtirok etishni rejalashtirishmoqda.
    Avvalroq, N. F. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va Mikrobiologiya markazida ushbu vaktsina joriy yilning sentyabr oyida va "Vektor" Davlat ilmiy markazi tomonidan yana bir vaktsina oktyabr oyida sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.