JSST ushbu gumanitar yordam partiyasi so'nggi emasligini ma'lum qildi. Yaqin kelajakda yana ko'mak beriladi, deyiladi CentralAsia
xabarida.
30 sentyabr kuni JSST 187 nafar mahalliy shifokor va 188 nafar o'rta tibbiyot xodimlarini COVID-19ni davolash bo'yicha o'qitishda yordam berganini e'lon qildi. Bundan tashqari, 37 nafar laboratoriya xodimi koronavirusni test sinovlari orqali aniqlash, 20 nafar mutaxassis esa kirish punktlaridagi chegara nazorati bo'yicha o'qitildi.
Rasmiy versiyaga ko'ra, COVID-19 garchi dunyoning aksariyat mamlakatlarida (ba'zi orol davlatlarini hisobga olmaganda) aniqlangan bo'lsada, Turkmanistonga kirib bormagan.
Iyul oyida JSST missiyasi ikki oylik muzokaradan so'ng Turkmanistonga kelishga muvaffaq bo'lgandi. Tashkilot mutaxassislari mutasaddilarga o'zlarini go'yo yuqumli kasallik mamlakatga kirib kelgandek tutishni maslahat bergandi.