Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.
Tekshiruvda “T.A.” MCHJ rahbari J.Z., “B.” MCHJ rahbari B.A. hududiy tijorat banki filiali masʼul shaxslari bilan oʻzaro til biriktirib, “T.A.” MCHJga asfalt ishlab chiqarish uskunalarini olish uchun ajratilgan 1,9 mlrd soʻm kredit mablagʻini “B.” MCHJ hisob-raqamiga oʻtkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.