An'anaviy to'qimachilik va moda namoyishi bo'yicha xalqaro ko'rgazma natijalariga ko'ra ushbu nominatsiyalar g'oliblari aniqlandi va taqdirlandi:
An'anaviy hunarmandchilikdagi ahamiyatli innovatsiyalari uchun – Gunjan Jain (Hindiston)
O'zbek qo'l kashtachiligi an'analarining yangicha talqini uchun – Madina Qosimbaeva (O'zbekiston)
Tojik chitgarligi san'ati an'analarini qayta tiklayotgani uchun – Miramin Saidov (Tojikiston)
Buxoro zardo'zlik an'analarini saqlab qolgani uchun – Baxshilo Djumaev (O'zbekiston)
Abr matolarining mahalliy an'analarini saqlab qolganligi uchun – Nabijon Toshtemirov (O'zbekiston)
An'anaviy usullar va zamonaviy dizayn uyg'unligi uchun – edrik Ong Liang Bin (Indoneziya)
Qadimiy naqshlarni saqlashda yuksak mahorat uchun – Muhammad Abdul Jabbar (Bangladesh) - Convey Bangladesh
Ipak gilamlar to'qishdagi yuqori texnologik va badiiy saviyasi uchun – Ilhom Davletov (O'zbekiston)
Moda sanoatida nominatsiyalar:
etnik-madaniy an'analarning original talqini uchun – Ayjan Bekqulova (Qozog'iston)
Retro va etnik uslub uyg'unligi uchun – Irina Sharipova (O'zbekiston)
Hindistonning an'anaviy madaniyati orqali tasvirlarni ochib bergani uchun – Mubin Xatri (Hindiston)
Glamur estetikasi va yuqori moda uslubi tuyg'usi uchun – Zuhra Inat, Moel Bosh (Latviya)
Abr matolarining rang jozibadorligini mahorat bilan taqdim etgani uchun – Sulton Saliev (Rossiya)
Festivalning maxsus mukofoti
An'anaviy to'qimachilikni saqlash va rivojlantirishga qo'shgan hissasi hamda Atlas bayrami festivalini tashkil etishdagi ko'p yillik faoliyati uchun – Rasul Mirzaahmedov (O'zbekiston).
San'atkorlar, fol`klor jamoalari ishtirokidagi konsert dasturi yig'ilganlarga yanada ko'tarinkilik bag'ishladi.
"Jahon hunarmandlari shahri" degan yuksak nomga sazovor bo'lgan Marg'ilonda navbatdagi “Atlas bayrami” V xalqaro an'anaviy to'qimachilik festivali ana shunday yuqori notada o'z yakuniga etdi.