Ayrim imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi

    Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy toʻlovlardan qarzdorligi boʻlmaganda, subsidiya mablagʻlaridan erkin foydalanadi.

    Hukumat qarori (466-son, 24.07.2025-yil) bilan “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

    Nizom paxta xomashyosini yetishtirish uchun Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi.

    Nizomga koʻra, subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va hisoblangan foiz toʻlovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar toʻliq qaytargan boʻlishi kerak.

    Arizalar tijorat bankining Bosh ofisi Subsidiya.mf.uz» portali orqali yuboriladi.

    Tijorat banki tomonidan barcha maʼlumotlar “Subsidiya.mf.uz” portaliga toʻliq kiritilib, ariza shakllantirilgandan soʻng ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.

    Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy toʻlovlardan qarzdorligi boʻlmaganda, subsidiya mablagʻlaridan erkin foydalanadi.