Sunggi yillarda tadbirkorlik faoliyatining to'sqinliksiz amalga oshirilishini ta'minlash hamda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasida keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda.
Xususan, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini tekshirish ishlarni muvofiqlashtirish Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilga o'tkazildi, shuningdek ushbu tekshirishlar “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirilmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlarni izchillik bilan davom ettirish hamda tadbirkorlik sub'ektlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini yanada kuchaytirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasida davlat nazoratining sifati va ko'lamini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihada ortiqcha nazorat funktsiyalarni bekor qilishdan tortib “aqlli nazorat” modelini joriy etishgacha taklif etilgan.
Jumladan, farmon loyihasi bilan 19 ta vazirlik va idoralarning 33 ta nazorat funktsiyalarini bekor qilish, 7 ta vazirlik va idoralarning o'ziga xos bo'lmagan 14 ta nazorat funktsiyalarini 8 ta mas'ul tashkilotlarga o'tkazish, shuningdek 18 ta ortiqcha nazorat funktsiyalarini mahalliy davlat hokimiyati organlari vakolatidan chiqarib tashlash ko'zda tutilmoqda.
SHular jumlasiga Ichki ishlar vazirligining transport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish stantsiyalarida transport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlarini tekshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining belgilangan savdo qoidalariga rioya etilishi, nazorat kassa mashinalari mavjudligi ustidan nazorat va boshqa vakolatlar kiradi.
Shuningdek, soliq organlari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining bankdagi hisobvaraqlariga inkasso qo'yish va bank operatsiyalarini to'xtatib turish vakolati faqat sud qarori asosida amalga oshirish bo'yicha eksperiment nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, Farmon loyihasiga ko'ratekshirishlarni o'tkazish,ma'lumotlarni yig'ish, qayta ishlash, tahlil qilishnito'liq elektron ravishdaamalga oshirish imkonini beruvchi “YAgona davlat nazorati”avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.
“Yagona davlat nazorati”avtomatlashtirilgan axborot tizimida:
davlat organlari va tashkilotlarining nazorat funktsiyalari yagona reestri shakllantirilishi va ochiq tarzda yuritilishi;
Tekshiruvlarni elektron ro'yxatga olish yagona tizimiintegratsiya qilinishi;
tadbirkorlik faoliyat turlari bo'yicha majburiy talablar ro'yxati
va tekshiruv varaqalari joylashtirilishi;
“elektron inspektor” moduli orqali tadbirkorlarni masofaviy tarzda tekshirishva boshqaimkoniyatlarnazarda tutilgan.
Mazkur choralar asosida nazorat qiluvchi organlarning korruptsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi shakllantiriladi, ularni minimallashtirish va jilovlash choralari ko'riladi hamda ular asosida nazorat qiluvchi organlarning reytingi tuziladi.
Shu bilan birga, tekshirishni o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilgan nazorat qiluvchi organ tomonidan taraflarning huquq va majburiyatlarini tushuntirish, korruptsiyaviy huquqbuzarliklar uchun taraflarning javobgarligini nazarda tutuvchi xabarnoma yuborish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.
Yangi tizimni aprobatsiya qilish bo'yicha huquqiy eksperimentbirinchi bo'lib Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasida 2021 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 yanvarga qadaro'tkazish rejalashtirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, mazkur tizim:
birinchi bosqichda – 2021 yil 1 dekabrga qadar farmon talablari tadbirkorlikning 5 ta asosiy faoliyat turlariga(chakana savdo, umumiy ovqatlanish, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, nodavlat ta'lim xizmatlarini ko'rsatish va yo'lovchilarni tashish);
ikkinchi bosqichda – 2022 yil 1 dekabrga qadar – 10 ta faoliyat turlariga;
uchinchi bosqichda – 2023 yil 1 dekabrga qadar – barcha faoliyat turlari bo'yicha majburiy talablar ro'yxati va tekshiruv varaqalari tuziladi va “Yagona davlat nazorati” avtomatlashtirilgan axborot tizimida joylashtiriladi.
Barcha mutuxassislar, ekspertlar, tadbirkorlar va fuqarolarimizni Farmon loyihasi yuzasidan o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashishga chaqiramiz (https://regulation.gov.uz/uz/d/25909).
Adliya vazirligi