Shoir B.Muxamedxodjayev mualliflik huquqlari buzilgani va qonunbuzarga chora koʻrishni soʻrab Adliya vazirligiga murojaat qilgan.
Aniqlanishicha, fuqaro J.R. muallif B.Muxamedxodjayevning “Enajon” nomli sheʼridan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalangan holda qoʻshiq ijro etgan hamda YouTube platformasi orqali tarqatgan.
Holat yuzasidan fuqaro J.R.ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 1771-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan va u sud qaroriga asosan jarimaga tortilgan.
Biroq xonanda jarima bilangina qutilib qolmaydi. Endi shoir sud orqali J.R.dan tovon puli undirishi mumkin. Shoir huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha (6 600 ming soʻmdan 330 mln soʻmgacha) tovon puli talab qilish huquqiga ega.
Qidiruv tizimlariga “Enajon” qoʻshigʻi deb qidiruv berilganida, xonanda Janob Rasul ijrosidagi qoʻshiq chiqmoqda. Shuningdek, Intellektual mulk departamenti xabarida tilga olingan xonandaning ism-familiyasi bosh harflari ham — J.R. Bu haqida Intellektual mulk departamenti xabar bermoqda.