Jaloliddin Ahmadaliyev jarimaga tortildi

    Madaniyat 10 Iyul 2025 1166

    Xonanda shoirning sheʼridan ruxsatsiz foydalangan yana bir xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev jarimaga tortildi.

    Qayd etilishicha, adliya vazirligi tomonidan muallif Shoxrux Abduvoxidovga tegishli boʻlgan "Yurak", "Meni deb oqardi sochlaring ona", "Koʻzlaringni qizgʻanma mendan" va "Barchasini Xudoga soldim" nomli sheʼrlar ijrochi Jaloliddin Axmadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganligi aniqlandi.

    Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

    Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Dangʻara tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

    Maʼlumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi oʻrniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishga haqli hisoblanadi, — deyiladi xabarda.